O'rtoqlik o'yini. Shenol Gunesh Ektor Kuperga Turkiya terma jamoasi libosini sovg'a qildi

Tolibjon Qosimov
2 iyun 2019
Bir necha daqiqalardan so'ng Turkiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start beriladi.

Ayni paytda har ikkala jamoa a'zolari chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.

FOTO  Turkiya -O'zbekiston. Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz stadionga yetib keldi

Bu vaqtda Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gunesh jamoa sardori va turk futbolining boshqa bir afsonasi Emre Belozog'lu bilan birga O'zbekiston MTJ ustozi Ektor Kuperga milliy terma jamoa libosini sovg'a qilishdi.

Eski tanishlar juda iliq ko'rishishdi. Kuper va Emre Belozog'lu argentinalik mutaxassis Italiyaning "Inter" klubini boshqargan 2001-2003 yillarda "neradzurrilar" tarkibida birga ishlashgan.


Gunesh Kuperga Turkiya terma jamoasi libosini sovg'a qildi.


Libosga 10 raqami va Ektor Kuperning ism-sharifi tushirilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia