O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston U-20 Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin so'nggida ajoyib kambek qayd etdi!

Alisher
29 dek 2024
Ayni kunlarda O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qatarda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, yoshlarimiz Xitoyda bo'lib o'tadigan U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz Xitoyda bo'lib o'tadigan musobaqaning C guruhidan joy olishgan. Ular guruh bosqichida, Eron, Yaman va Indoneziya termalariga qarshi bahs olib boradi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur musobaqa Chilida bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Saudiya Arabistoni U-20 - O'zbekiston U-20 1:2

Gollar: Saad Xaqavi (21), Muhammadali O'rinboev (88, 90).

O'zbekiston: 1. Samandar Muratboev, 2. Diyorbek Abdunazarov, 3. Saidxon Hamidov, 4. Muhammadali Zohidov (s), 5. Behruz Jumatov, 6. Muhammadali Reimov, 7. Ollobergan Karimov, 8. Murodali Usmonov, 9. Nurlan Ibraimov, 10. Murodjon Komilov, 11. Saidumarxon Saidnurullaev.

Zaxira: Sobirov, Murkaev, Ahmadjonov, Tuxsanov, Abdullaev, Hayrullaev, O'rinboev, Fomin, Jumaev, Rizaqulov, Saidov, To'lqinbekov.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia