O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston (U-16) terma jamoasi ikkinchi o'yinda tojikistonlik tengqurlarini mag'lubiyatga uchratdi

Bugun Xo'jandda o'tkazilgan (U-16) O'zbekiston va Tojikiston o'smirlari o'rtasidagi bahsda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Bundan avvalgi o'yinda Tojikiston yoshlari yirik 4:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.

Tojikiston (U-16) – O'zbekiston (U-16) – 1:2

23 iyun. Xo'jand. 20-letiya Nezavisimosti Tadjikistana stadioni. 500 tomoshabin

Gollar: Xurshed Davlatzoda, 21 - penalti (1:0). Shaxzod Akramov, 38 (1:1). Muxriddin Pozliddinov, 63 - penalti (1:2).




Manba: championat.asia