O'rtoqlik o'yini. "Man Yunayted"ning Maguayr boshchiligidagi ikkinchi tarkibi "Atletik" bilan durang o'ynadi

Administrator
7 avg 2023
"Manchester Yunayted" va "Atletik" jamoalari o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro durang qayd etishdi.

Asosiy jamoa kecha "Lans" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgandi. Bugun esa kechagi uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchilar "Atletik"ka qarshi o'yinda durang qayd etishdi.

"Manchester Yunayted" (Angliya) – "Atletik" (Ispaniya) 1:1 

Gollar: 0:1 – 29 Uilyams, 1:1 – 90 Pelistri.

Manchester Yunayted – Xiton, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Alvaro Fernandes (Evans, 64), Eriksen, van de Bek (Mejbri, 46), Pelistri, Gor (Emeran, 81), Forson, Sancho (Xyudjill, 64).

Atletik – Unai Simon, De Markos, Vivian, Paredes, Lekue (Nolaskoayn, 76), Ruis de Galarreta (Errera, 76), Vesga, Sanset (Gomes, 56), Muniain (Garsiya de Albenis, 75), Uilyams (Vilyalibre, 46), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Ruis de Galarreta (39), Lekue (63), Vivian (83), Evans (84), Garsiya de Albenis (84).

Chetlatish: Paredes (66).


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia