O'rtoqlik o'yini. Janubiy Koreya g'alabaga erishdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
28 may 2018, 19:12
Bugun, 28 may kuni Janubiy Koreya terma jamoasi Gonduras bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

JCH-2018ga tayyorgarlik ko'rayotgan koreyaliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi. "Tegu" stadionidagi bahsda Son Xyon Min va Mun Son Minlar bittadan gol urishdi.

Janubiy Koreya - Gonduras 2:0

Gollar: Son Xyon Min 61, Mun Son Min 73.

Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya JCH-2018 "F" guruhida Shvetsiya, Meksika va Germaniya terma jaomalariga qarshi kurash olib boradi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: