O'rtoqlik bahsi. "Surxon" "Mashal"ni mag'lubiyatga uchratdi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2022
2-davraga hozirlik ko'rayotgan Superliga vakili "Surxon" Pro liganing "Mashal" klubiga qarshi nazorat bellashuvida ishtirok etdi.

Unda Anxel Lopes shogirdlari Abdul Aziz Yusupov va Ruben Sanches Peres gollari evaziga ishonchli hisobda g'alaba qozonishdi. 

Alohida aytish joiz, "Mashal" a'zosi Muhammad Namozov 69-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi, uning zarbasini termizliklar darvozaboni Azamat Ahmedov qaytarishga erishdi. 

O'rtoqlik bahsi

"Surxon" – "Mashal" 2:1

"Qibray" stadioni

Gollar: Abdul Aziz Yusupov 37', Ruben Sanches Peres 57' – Mikola Agapov penalti 89'

Gol urilmagan penalti: Muhammad Namozov ("Mashal") 69'  

"Surxon" (1-taym): Davron Merganov, Behruz Shaydulov, Javohir Sohibov, Boburjon Akbarov (s), Tohir Shamsitdinov, Ulug'bek Abdullaev, Iqbol Malikjonov, Kamron Saydazimov, Abdul Aziz Yusupov, Manel Martines, Murodbek Bobojonov 

"Surxon" (2-taym): Azamat Ahmedov, Farhod Mamatqulov, Javohir Sohibov, Kamron Saydazimov, Sharofiddin Shobirov, Ulug'bek Abdullaev, Iqbol Malikjonov (s), Murodbek Bobojonov (Luismi Kezada, 72), O'ral Choriev, Ruben Sanches Peres (Abdug'ofur Haydarov, 81), Manel Martines (Samandar Qodirov, 72)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia