"Orol"ning sobiq futbolchilari qaytishdi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2018
Nukusning "Orol" jamoasida Quvat Tureev murabbiy sifatida ish boshlagani haqida ma'lumot berib o'tgan edik.

Ayni paytda jamoa futbolchilari bir mezgil mashg'ulot olib borishyapti.

Oliy ligada to'p surgan bir qator qoraqalpog'istonlik futbolchilar ayni paytda "Orol" mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. Jumladan Navro'z Alimov, Azamat Babajanov, Azamat Ilyasov, Nurlibek Talasboev va Erbol Seytnazarov mashg'ulotlarda qatnashishyapti. Hozircha futbolchilar bilan shartnoma tuzilmagan. Lekin katta ehtimol bilan ularning barchasi yangi mavsumni Nukusda boshlashadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia