Origi: "Birdaniga Lukaku bilan tenglashishga harakat qilib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
7 iyul 2022
"Milan"ning yangi futbolchisi Divok Origi klub va o'zining transferi haqida gapirdi.

"Milan"ning shon-shuhrati meni to'lqinlantirib yuboryapti. Derbilarda qatnashishga, birdaniga Lukaku bilan tenglashishga shoshilmayapman, chunki bunday o'yinlarda ko'p o'ynaganman. Maldini - men uchun futbol afsonasi. Bu stadionda o'ynash esa juda katta baxt. Italiya futboli madaniyati bilan tezda chiqishib keta olaman. "Milan" - o'zgacha loyiha", - dedi belgiyalik futbolchi.

Origi 2014 yildan beri "Liverpul"da to'p tepib kelayotgandi. Hujumchi 2022 yilning 30 iyunida erkin agentga aylangan edi. 

Origi o'tgan mavsumda 17 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan