

"Bugun 20 daqiqa davomida yaxshi o'ynadik, undan uyog'iga kuchimiz yetmadi. Jamoa jismonan va ruhan tayyor emas. Bundan tashqari bizning saviyamiz shunday, qo'limizdan kelganicha o'ynadik. Davralar oralig'ida tarkibni yangilaymiz. Biz vaziyatlar yaratib gol ura olmadik, raqib esa vaziyatlardan gol urib ketmoqda. Bu alamli. Yangi qon albatta kerak. Ikkinchi davrada umid qilamanki ijobiy natijalar bo'ladi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.
O'zim ham andijonlikman. Shu bois jamoamiz g'alaba qozonishi uchun borimni beraman", - deydi Orif Mamatkazin.
"Andijon" matbuot xizmati



