Ore "Tottenxem" bilan shartnomasini bekor qildi

Alisher
1 sen 2021
Himoyachi Serj Ore va "Tottenxem" o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishga kelishishdi.

"Menga "Tottenxem"ga o'tkazgan vaqtlarim yoqdi, klub va muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ammo hozir men uchun yangi chaqiriqning ayni payti", - dedi Ore.

Afrikalik futbolchiga "Uotford", "Betis", "Spartak" va "Jenoa" klublari qiziqish bildirmoqda.

Serj Ore 2020/21 yilgi mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com