"Ordabasi" - "Shaxtyor". Mezbonlarda g'alaba, Geynrixda 66 daqiqa

Aziz Tukhtamuradov
16 may 2015
Bugun Qozog'istonda 12-tur o'yinlari doirasida "Ordabasi" o'z maydonida "Shaxtyor"ni qabul qildi.

16 may. Shimkent. "Kajimukan" stadioni.

"ORDABASI" - "SHAXTYOR" - 1:0 (0:0)
Gol: Traykovich, 78 (1:0).

Mezbonlar ushbu o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozondilar. "Ordabasi"ning yagona goliga o'yinning 78-daqiqasida Branislav Traykovich mualliflik qildi.

Hamyurtimiz Aleksandr Geynrix esa maydonda 66 daqiqa harakat qildi. Uning o'rniga o'yinni Dauranbek Tajimbetov davom ettirdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia