

Ushbu uchrashuvni O'zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham bevosita stadiondan diqqat bilan tomosha qilib bordi. 1:0 hisobida "Oqtepa"ning g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvni Mirjalol Qosimovdan tashqari Vadim Abramov, Baxtiyor Ashurmatov, Igor Shkvirin kabi murabbiylar ham kuzatib bordi.



