"Oq-tepa" hujumchisi “Metallurg”ga ijaraga berildi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013, 20:42
“Oq-tepa” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, iqtidorli hujumchi Berumiy Abdunabiev jamoamizni tark etdi.
Birinchi bosqich o'yinlari yakunlangach Bekobodning “Metallurg” jamoasi mashg'ulotlariga qo'shilgan Berumiy (fotoda 7-raqam) kuni kecha “metalsozlar” bilan yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.

Hujumchi mavsumning ikkinchi qismini “Metallurg”da ijara asosida o'tkazadi. Agar uning harakatlari Bekobod jamoasi murabbiylar shtabiga manzur kelsa, Abdunabiev kelasi yildan huquqiy jihatdan “Metallurg” a'zosiga aylanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz