Onasini yo'qotishni istamayotgan bolakayga yordam beramiz, plastik va telefon raqamlar

Nadirkhuja Yuldashev
6 noya 2018
Kecha poytaxt chempionatida to'p tepayotgan bir bolakayning otasi dardli mavzu bo'yicha murojaat qildi.

O'g'lim yoshligidayoq onasini yo'qotdi, birinchi ayolim saraton kasalligi bilan bu dunyoni tark etdi. Taqdirning sinovini qarang, hozirgi onasi ham buyrak qurishi kasalligi bilan og'riyapti va tezroq "operaciya" qildirmasak shifokorlar oz vaqt qolganini aytishyapti. Shuning uchun ming xijolat bilan oldingizga keldim. O'g'lim yana bir bor onasini yo'qota olmaydi.

O'zbek hech qachon o'z hamyurtini og'ir kunda tashlab qo'ymaydi. Hozir bu futbolchining onasiga oid tashxis natijalarini keltirish va shaxsiy plastik kartochkasi ochish lozimligi haqida ko'rsatma berdik. Undan tashqari, noyabr oyining o'rtalarida futbolchilar ishtirokida tadbir tashkil qilamiz va uch nafar farzandni parvarish qilayotgan onaga qo'limizdan kelgancha yordam beramiz.


PAYNET: +998946273637

Plastik kartasi: 8600 4904 0628 1089, Kapitalbank. TALIPOVA NASIBA

YORDAMINGIZNI AYAMANG!


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia