Onana ommaviy ravishda "Ayaks"dan ketishni xohlayotganini bildirdi

Alisher
29 apr 2020, 13:44
"Ayaks" darvozaboni Andre Onana yozda takliflarni ko'rib chiqishini tasdiqladi.

Kamerunlik darvozabon uni tushunishlarini so'radi. Darvozabon "Ayaks"da o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo o'sishni xohlayapti.

"Men "Ayaks"da baxtliman va bunday klubda o'ynashdan g'ururlanaman. Men bu yerda 5 yil bo'ldim va oldinga qadam tashlamoqchiman. Keyinchalik nima bo'lishini bilmayman, ammo mening maqsadlarim aniq. Agar "Barselona"ga qaytish imkoniyati tug'ilsa, men buni amalga oshiraman", - deydi Onana.

Eslatib o'tamiz, Andre Onana "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: AD