"Oltin to'p" egasi KCHJni kuzatmayapti: "Barselona" o'ynamayapti. Shunday ekan... nimaga uni ko'rish kerak?

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2025
"Barselona" futbolchisi va "Oltin to'p" sohibasi Aytana Bonmati klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini kuzatmayapti.

"Umuman kuzatayotganim yo'q. Turnir bo'layotganini bilaman, lekin to'g'risini aytish kerak, bironta o'yinni ko'rmadim.

Bundan tashqari, u erda "Barselona" o'ynamayapti. Shunday ekan... nimaga uni ko'rish kerak?" – dedi "Barselona" ayollar jamoasi va Ispaniya terma jamoasining yarim himoyachisi, "Oltin to'p"ning amaldagi sohibasi Bonmati.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca