Oltin to'p-2019. Yangi nominaciya … Davogarlarning nomi qachon e'lon qilinishi hamda taqdirlash marosimi o'tkaziladigan sana ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2019
France Football nashri Oltin to'p mukofotiga 30 nomzodning ro'yxatini 21 oktyabr kuni e'lon qiladi.

Taqdirlash marosimi esa 2 dekabr kuni Parijdagi Shatle teatrida o'tkaziladi. 

Chelsining sobiq hujumchisi Dide Drogba esa ushbu nufuzli mukofotning rasmiy elchisi sifatida tayinlandi.

 Shuningdek, bo'lajak marosim vaqtida eng yaxshi ayol futbolchi (20 nafar davogar orasidan tanlanadi) uchun Oltin to'p, 21 yoshgacha futbolchiga topshiriladigan maxsus sovrin (10 nafar davogar orasidan tanlanadi) taqdim etiladi.

 Yana qo'shimcha sifatida France Football mazkur yildan boshlab eng yaxshi darvozabonga  Lev Yashin sovrinini (10 nafar davogar orasidan tanlanadi) topshiradi. 

Eslatib o'tamiz, 2018-yilning eng yaxshisi nomi Real hamda Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: France Football