"Oltin butsa" uchun kurashda Levandovski favorit bo'lib oldi

Mirjalol Normatov
31 may 2020
So'nggi yillarda "Oltin butsa" uchun faqatgina Krishtianu Ronaldu hamda Leo Messi kurashmayapti.

Ayrim chempionatlarga restart berilmaganligi sababli Robert Levandovski gollari sonini Chiro Immobilenikidan, Erling Xoland esa Krishtianu Ronaldudan o'tib ketdi.

Eslatib o'tamiz, ligalardagi koefficientlar har xil ko'rinishda: top-5 ligadagi har bir golga 2 ochko beriladi, biroz kuchsizrog'ida esa 1,5 ochko, masalan, Estoniya chempionatida 1 golga 1 ochko hisoblanadi.

1. Robert Levandovski ("Bavariya", Germaniya) - 29 gol, 58 ball

2. Chiro Immobile ("Lacio", Italiya) - 27 gol, 54 ball

3. Timo Verner ("Leyptsig", Germaniya) - 24 gol, 48 ball

4. Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund, Germaniya) - 26 gol, 44 ball

5. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", Italiya) - 21 gol, 42 ball

6. Jeymi Vardi ("Lester", Angliya) - 19 gol, 38 ball

7. Lionel Messi ("Barselona", Ispaniya) - 19 gol, 38 ball

8. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) - 18 gol, 36 ball

9. Vissam Ben-Yedder ("Monako", Fransiya) - 18 gol, 36 ball

10. Romelu Lukaku ("Inter", Italiya) - 17 gol, 34 gola


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal