Oltin butsa-2020. Immobile Levandovskini quvib o'tib, yetakchiga aylandi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2020
Biroz oldin, Italiya chempionati 37-turidan o'rin olgan Lacio – Breshiya (2:0) bahsi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Chiro Immobile raqib darvozasini ishg'ol etib, A Seriya joriy mavsumidagi gollari soni 35 taga etkazib oldi.

Immobile “Oltin butsa” uchun kurashda “Bavariya” a'zosi Robert Levandovskidan (34) o'zib ketdi va yangi yakka peshqadamga aylandi.

Ayni daqiqalarda o'z o'yinini o'tkazayotgan “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 31 ta to'p mavjud. Chempionat yakunlanishiga yana bitta tur qoldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia