

Klub chempionat tugashiga 3ta tur qolganida muddatidan avval chempionlikni nishonladi.
Aloqachilar 25-turda asosiy raqobatchi Shagadam klubini 2:1 hisobida mag'lub etib chempionlikni rasmiylashtirishdi.
Shu tariqa, Oltin asr o'z tarixida oltinchi marta mamlakat chempioni bo'ldi. Klub bu natijaga 43 yoshli murabbiy Yazguli Xodjageldiev boshchiligida erishdi.
Oltin asr 2014, 2015, 2016, 2017 va 2018 yillarda chempionlikni nishonlagan edi. Chempionlik soni bo'yicha klub Kopetdog' bilan tenglashib oldi.
2020 yilda Oltin asr OFK kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi.



