"Olmaliq"ning klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati uchun tarkibi ma'lum

Tolibjon Qosimov
4 iyul 2016
Futzal bo'yicha O'zbekistonning amaldagi chempioni hisoblangan "Olmaliq" jamoasi 15-23 iyul kunlari bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz nomidan ishtirok etadi.

Olmaliqliklarning Tailand poytaxti Bangkokda o'tkaziladigan musobaqa uchun "zayavka"si ma'lum. Musobaqa reglamentiga ko'ra har bir jamoa 14 nafar futzalchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Demak, Aleksandr Petrov boshchiligidagi "Olmaliq" turnirda quyidagi o'yinchilar bilan ishtirok etadi:

Darvozabonlar:
Rustam Umarov
Klim Tyugaev

O'yinchilar:
Konstantin Sviridov
Jamoliddin Sharipov
Andrey Shlema
Javlon Anorov
Maqsud Fayzullaev
Jasur Sodiqov
Sunnat Kuralov
Xurshid Umaraliev
Shuhrat Tojiboev
Farhod Abdumavlonov
Davron Choriev
Feruz Faxriddinov

Jamoa Tailandga 11 iyul kuni Toshkent - Bangkok yo'nalishi bo'yicha uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" Eronning “Tasisat Daryoi” hamda Livan chempioni “Al Mayadin” klublari bilan birga “B” guruhidan joy olgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia