"Olmaliq": O'yin qoidalari bo'yicha seminar

"Bunyodkor" bilan o'tkazilgan nazorat bahslaridan mehmonxonaga qaytgan jamoa futbolchilari kechki payt futbol o'yini qoidalaridagi o'zgarishlar
va o'yin davomida yuzaga keladigan holatlar bo'yicha maxsus seminarda ishtirok etishdi.

Seminarni taniqli futbol hakami, hakamlar qo'mitasi yetakchi mutaxassislaridan biri Aleksandr Popov olib bordi. Seminar davomida futbolchilar yangi mavsumda kuchga kiradigan o'zgarishlardan xabardor bo'lishdi. Video lavhalar bilan o'tgan seminar futbolchilar uchun foydali bo'ldi, deyish mumkin.

Manba: fc-olmaliq.uz