Oliy liga. Shahboz Erkinov 80-golini urdi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2016
Muborakning "Mashal" klubi hujumchisi Shahboz Erkinov oliy liganing 1-turida "Qizilqum"ga qarshi bahsda 2ta gol urdi.

Hujumchining birinchi urgan goli o'zi uchun O'zbekiston chempionatidagi yubiley 80-gol bo'ldi. Demak Erkinov hisobida ayni paytda 81ta gol mavjud.

Futbolchi shu paytga qadar oliy ligada "Paxtakor", "So'g'diyona", "Sho'rtan", "Olmaliq" va "Navbahor" klublarida o'ynagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia