

Murodjon Zuhurov 29ta o'yinda maydonga tushib 20ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
"Quruq o'yinlar" soni bo'yicha keyingi o'rinda "Lokomotiv" posboni Ignatiy Nesterov qayd etilgan - 12ta.
Oliy ligada so'nggi 15 yilda hech bir posbon bir mavsumda 20 marta quruq o'yin o'tkazmagan.
Bundan tashqari Zuhurov ketma-ket 7ta o'yinda jami 665 daqiqa davomida o'z darvozasidan gol o'tkazmay mavsum rekordini o'rnatdi.



