Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Narzulla Saydullayev
30 noya 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublarga to'xtalib o'tishni boshlaymiz.

Dastlab 11-bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan "Paxtakor" haqida so'z yuritamiz.

Mavsum
"Paxtakor" klubi 2015 yilgi mavsumni bir tekisda o'tkaza oldi. To'g'ri ilk turda "Olmaliq" bilan o'yinda ochko yo'qotildi, keyinroq "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berildi. Lekin 10-turda peshqadamga aylanib olgan "sherlar" mavsum oxiriga qadar bu o'rindan pastga tushishmadi. "Paxtakor" mavsum davomida faqat uch bor yutqazdi. Dastlabki davrada "Lokomotiv"ga, ikkinchi davrada "Neftchi" va "Bunyodkor"ga imkoniyat boy berildi.


Murabbiylar
Jamoani bu yil ikkita murabbiy boshqardi. Birinchi davrada Samvel Babayan jamoa menejeri sifatida faoliyat olib bordi. Yozda O'zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilib olgach "Paxtakor"ga No'mon Hasanov bosh murabbiy etib tayinlandi. Chempionlik aynan Hasanov qo'l ostida qo'lga kiritildi.



Yetakchi
Kaxi Maxaradze. Gruziyalik yarim himoyachi bejizga jamoa sardori emas. Kaxi maydon markazida "Paxtakor"ning hujumlarini tashkil qilishda haqiqiy yetakchi hisoblanadi. Futbolchi jarohatlar tufayli mavsumda bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Lekin u o'ynaganida "sherlar" boshqacha, maydonga tushmaganida butunlay boshqacha o'ynashdi.



Kashfiyot
Javohir Sohibov. 1995 yilda tug'ilgan yarim himoyachi o'tgan mavsum umuman maydonga tushmagandi. Bu yil Sohibov "sherlar"ning asosiy futbolchisiga aylanib oldi. 23ta o'yinda ishtirok etib 2ta gol urgan Javohir O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham chaqiruv oldi va bir nechta o'yin o'tkazdi.



Eng yaxshi o'yin
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 2:1.
Oliy liganing 21-turida "sherlar" "Lokomotiv"ni qabul qilishdi. Ko'pchilik aynan shu bahsni chempionlik o'yini deb atadi. Uchrashuvning birinchi bo'limida Mamur Ikromovning xatosidan so'ng Sherzod Karimov deyarli maydon markazida gol urib hisobni ochdi. Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushgan Jaloliddin masharipov ikkinchi bor "temiryo'lchilar" darvozasini ishg'ol qildi. 90-daqiqada Lutfulla To'raev tomonidan urilgan gol hisobni qisqartirdi xolos - 2:1.  



Eng yaxshi futbolchi
Igor Sergeev. 22 yoshli hujumchi uchun 2015 yil juda ham omadli keldi. Oliy ligada barcha 30ta uchrashuvda ishtirok etib raqiblar darvozasiga 23ta gol urdi va chempionat to'purariga aylandi. 


Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmp       
Tug'.sanaO'yin    
Daqiqa   
Gol    
SK    
QK   
Aleksandr LobanovDar04.01.1986    
302653000
Igor SergeevHuj30.04.19933025982330
Vladimir KozakYahm06.06.1993302200310
Stanislav AndreevYahm06.05.1988292155810
Davron Hoshimov Him24.11.1992282506061
Egor KrimecHim27.01.1992282497380
Sherzod KarimovYahm26.01.1989281902440
Adnan OraxovacHim05.02.1991272304360
Aleksandr MerzlyakovHim30.10.1986262062110
Akbar IsmatullaevHim10.01.1991241648020
Javoxir Sohibov Him01.03.1995231849280
Kaxi MaxaradzeYahm20.10.1987231819621
Bahodir PardaevHuj26.04.198723887400
Jaloliddin Masharipov      Yahm01.09.1993221184420
Anvar SolievHuj05.02.197814175210
Jamshid IskandarovYahm16.10.199311571010
Kamoliddin Tojiev Him03.05.19839548200
Murod Xolmuhammedov Him23.12.1990539000
Navro'z AlimovHuj21.03.1992215011
Nikita Ribkin Dar20.01.1992147000


"Paxtakor-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar66
Uydagi gollar43 (65,15%)
Mehmondagi gollar23 (34,85%)
O'tkazilgan gollar23
Uyda o'tkazilgan gollar10 (43,48%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar13 (56,52%)
O'rtacha gol2,2
O'rtacha o'tkazilgan gol 0,77
Uydagi ochkolar43/45 (95,56 %)
Mehmondagi ochkolar32/45 (71,11 %)
Eng yirik g'alaba6:0 - "Dinamo", "Andijon"
Eng yirik mag'lubiyat0:2 - "Bunyodkor"
"Quruq" o'yinlar13 (43,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar1 (3,33%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar5
Yirik mag'lubiyatlar0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)47 (1,57)
Chetlatishlar (o'rtacha) 3 (0,1)
Maydonga tushganlar (legioner)    
20 (2 - 10%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)134928 / 4498


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia