"Olimpik" "Qaysar"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
26 dek 2022
"Olimpik" klubi Turkiyada mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Bugun poytaxt klubi Qozog'istonning "Qaysar"iga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Timur Kapadze shogirdlari raqiblarini 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Jamoa safida gollarga Jasur Jaloliddinov va Saidazamat Mirsaidov mualliflik qilishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi

Olimpik - Qaysar 2:1 

Gollar: Jasur Jaloliddinov, Saidazamat Mirsaidov

1-bo'limda maydonga tushganlar: Abdunabiev, Mirsaidov, Rahimjonov, Shamsiev, Tursunov, Bo'riev, Jaloliddinov, Ibroximov, G'iyosov, Jo'raqo'ziev, Odilov

2-bo'limda maydonga tushganlar: Yuldashev, Tairov, Bo'sinov, Abdurashidov, Sodiqov, Abdixaliqov, Muxtorov, Ablaev, Mahmudov, Mamasidiqov, Jo'raboev


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Олимпик" ФК матбуот хизмати