Olimpiada-2016. Futbol o'yinlarida ishlaydigan hakamlar nomi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
2 may 2016
Yozda Rio de Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasida faoliyat olib boradigan hakamlar ma'lum bo'ldi.

FIFA rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, Osiyo qitasidan uch nafar hakamlar brigadasi Braziliyaga boradi. Bular Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni), Alirizo Fag'oni (Eron) va Ryuji Sato (Yaponiya).

Quyida Olimpiadaga boradigan barcha bosh hakamlar bilan tanishib oling:

Osiyo - Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni), Alirizo Fag'oni (Eron) va Ryuji Sato (Yaponiya).

Afrika - Malang Diedxiou (Senegal), Gead Grisha (Misr)

Shimoliy Amerika - Uolter Lopez (Gvatemala), Sezar Arturo Ramos Palazuelos (Meksika)

Janubiy Amerika - Nestor Pitana (Argentina), Braziliya (Sandro Richchi), Roddi Sambrano (Ekvador)

Okeaniya - Mett Konger (Yangi Zelandiya)

Yevropa - Juneyt Chaqir (Turkiya), Ovidiu Xategan (Ruminiya), Sergey Karasyov (Rossiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Klemen Turpen (Fransiya)

Zaxira: Diego Xaro (Peru), Jozef Lampti (Gana)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia