Olim Arifov JCH-2018 1/8 finalidan o'rin olgan Braziliya - Meksika o'yinida komissar sifatida ishlaydi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018
O'zbekiston futbol associaciyasi Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari, FIFA va OFK komissari Olim Arifov shu kunga qadar JCH-2018 guruh bosqichidan o'rin olgan 4ta o'yinda komissar sifatida ishlagani haqida ma'lumot berib o'tgan edik.

U shu vaqtga qadar Kosta-Rika - Serbiya, Daniya - Avstraliya, Rossiya - Urugvay va Senegal - Kolumbiya uchrashuvlarida ishlagandi. Endilikda Olim Arifovga 1/8 finaldan o'rin olgan Braziliya – Meksika o'yini ham ishonib topshirildi.

JCH-2018 1/8 finaldan o'rin olgan Braziliya – Meksika o'rtasidagi uchrashuv 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: the-uff.com