Olim Abduvasilov hakamlik faoliyatini yakunladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2023
Uzoy yillar bosh hakam yordamchisi sifatida ishlagan mutaxassis faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Xabaringiz bor, joriy mavsumda bir qancha taniqli va tajribali futbol hakamlarimiz - Vadim Agishev, Damir Iskenderov, Jalgasbay Sarsenov hamda Bektursin Kannazarov faoliyatlarini tugatishgandi. Kechagi O'zbekiston kubogi final bahsida bu mavsum faoliyatini yakunlagan tajribali hakamlarimiz soni 5 taga etdi.

20 yildan ziyod vaqt davomida hakamlik sohasida faoliyat ko'rsatgan, bosh hakam yordamchisi sifatida qator mavsumlarni o'tkazgan Olim Abduvasilov hakamlikdagi karerasini yakunlashga qaror qildi va kecha ko'zda yosh bilan maydonni tark etdi. Final so'ngida o'tkazilgan taqdirlash marosimida unga alohida ehtirom ko'rsatilib, milliy zarchopon hamda maxsus esdalik sovg'asi topshirildi.

Olim Abduvasilovga futbol hakamligidagi xizmatlari uchun tashakkur aytgan holda kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UzFHM