Oliy va Birinchi Liga klublari matbuot kotiblari uchun o'quv seminari o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2014
Bir kunlik nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan o'quv seminarini Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Media departamenti boshlig'i Chetan Kulkarni olib boradi.
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo'mitasi qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Professional Futbol Ligasining 2014-2018 yillarga mo'ljallangan rivojlanish dasturi asosida 26 fevral kuni Toshkentdagi Miran International mehmonxonasida Oliy va Birinchi liga futbol klublari matbuot kotiblari uchun xalqaro o'quv seminari bo'lib o'tadi.

Bir kunlik nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan o'quv seminarini Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Media departamenti boshlig'i Chetan Kulkarni olib boradi.

Shu munosabat bilan Oliy Liga va Birinchi Liga klublaridan ushbu seminarda ishtirok etadigan klub matbuot kotibini tavsiya qilib, ishtirokchining to'liq ism-familiyasi, aloqa ma'lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili)ni 18 fevral, seshanba kuniga qadar media@the-uff.com elektron pochta manziliga yuborishlari so'raladi.

Ushbu seminar Oliy liga va Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etayotgan klublarning matbuot bilan ishlash borasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirib, O'zbekistonda professional futbol targ'ibotini rivojlantirish va futbol klublarining muxlislar orasidagi obro'-e'tiborini oshirishga yordam beradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz