Oliy liga ishtirokchilari uchun badal 110 million so'm bo'ldi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2014
Xabaringiz bor, bugun oliy liga-2015ga qur'a tashlash marosimidan so'ng PFL direktori Farhod Magometov oliy liga klublarining rahbarlari va murabbiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.
Unday ayrim masalalarga oydinlik kiritildi.

Xususan kelasi yil elita qatnashchilari bo'lgan jamoalarning har biri PFL hisob raqamiga badal sifatida 110 million so'mdan pul o'tkazib berilishi aytildi. Buni shaxsan Farhod Magometov ma'lum qildi.

Aytish lozimki, kelasi yil oliy ligada jamoalar soni 16ta bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia