

Qur'a tashlashdan oldin bitta mintaqada o'ynaydigan bazi klublarni jutfliklarga bo'lib chiqishdi. "Paxtakor" va "Lokomotiv", "Nasaf" va "Mashal", "Olmaliq" va "Metallurg", "Andijon" va "Navbahor". Ushbu jamoalardan biri o'z maydonida o'ynagan turda ikkinchi jamoa safarda o'ynaydi.
Qur'adan oldin barcha klublar taqvim qanday bo'lishi kerakligi borasida ovoz berishdi.
"Lokomotiv", "Olmaliq", "Neftchi", "Metallurg" va "Qo'qon" kabi klublar taqvim "zerkalniy" bo'lishiga ovoz berishdi. Qolgan klublar esa taqvim xuddi o'tgan yilgidek bo'lishini istashdi. Shu bois ko'p ovoz bilan taqvim o'tgan yilgidek bo'ladi.
1-tur
"Paxtakor" - "Olmaliq"
"Nasaf" - "Andijon"
"Navbahor" - "Mashal"
"Metallurg" - "Lokomotiv"
"Bunyodkor" - "Buxoro"
"Dinamo" - "Qo'qon 1912"
"So'g'diyona" - "Qizilqum"
"Neftchi" - "Sho'rtan"
2-tur
"Mashal" - "Andijon"
"Olmaliq" - "Nasaf"
"Qo'qon" - "Paxtakor"
"Buxoro" - "Dinamo"
"Qizilqum" - "Bunyodkor"
"Sho'rtan" - "So'g'diyona"
"Lokomotiv" - "Neftchi"
"Navbahor" - "Metallurg"
"Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasidagi ilk uchrashuv 11-turda bo'lib o'tadi. "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasidagi dastlabki o'yin 6-turda "temiryo'lchilar" maydonida bo'lib o'tadi.



