Oliy liga-2014. "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi Kosonsoyda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2014
Yana bir haftadan keyin navbatdagi O'zbekiston chempionati ham start oladi.
Xabaringiz borki, “Navbahor” markaziy o'yingohida olib borilayotgan rekonstrukciya ishlari hali yakunlanganicha yo'q. Qolaversa, joriy yilning may oyida “Barkamol Avlod” sport musobaqasining ochilish va yopilish marosimlari ham aynan “Navbahor” o'yingohida o'tkaziladi. Aynan shu sabablar tufayli jamoamiz chempionatning dastlabki turlaridan o'rin olgan uy uchrashuvlarini Kosonsoydagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazib turadi. Chempionatning ilk turida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qilishimizdan muxlislarimizni xabarlari bor.

Mazkur uchrashuv Kosonsoydagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. Ayni paytda o'yingohda joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Muxlislarimizga qo'shimcha ma'lumot tariqasida “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 15 mart kuni soat 15.30da boshlanishini etirof etish joiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz