Oleg Zoteev - uch marta Superkubokni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

Xayrulla Xoliqov
26 fev 2019
Xabaringiz bor, 23 fevral kuni o'zbek futboli tarixida beshinchi bor O'zbekiston Superkubogi o'tkazildi.

"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan bahsda O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o'tgan mavsum Kubokni qo'lga kiritgan AGMKga qarshi bahs olib bordi. Bu o'yinda "Lokomotiv" 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida ikkinchi bor Superkubok sohibiga aylandi.

Shu kuni "Lokomotiv" safida g'alabani nishonlagan Oleg Zoteev uchun bu Superkubokdagi uchinchi yutuq bo'ldi. Zoteev uch marta Superkubokda ishtirok etib, har uchalasida g'olib chiqqan O'zbekistondagi yagona futbolchi bo'lib turibdi. U ilk bor 2014 yil "Bunyodkor" tarkibida Superkubokni qo'lga kiritgan va oradan bir yil o'tib "Lokomotiv" tarkibida shunday yutuqqa sazovor bo'lgan.

Mana endi bu yil "Lokomotiv" bilan ikkinchi bor, o'z faoliyatida esa uchinchi marta Superkubok sohibi bo'ldi. Ushbu rekord bilan Zoteevni tabriklab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz