

O'z maydonimizdagi birinchi o'yindan taassurotlar a'lo darajada. Ochilish o'yinida katta bayram bo'ldi. Juda qiyin uchrashuv kechdi. Menimcha, ishqibozlarga yoqadigan yoqimli o'yin bo'lib o'tdi. Bunday qo'llab-quvvatlov bilan faqat g'alabaga erishish kerak. Har qanday holatda ham muxlislarimiz biz bilan birga. Ajoyib atmosferada to'p surish boshqacha.
Albatta, birinchi golimni uraman deb kutmagandim. Har doim yaxshi va sifatli o'yin ko'rsatish va jamoamiz g'alabasiga hissa qo'shish maqsadini oldimga qo'yaman.
Nasafga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ishonamanki, o'yindan-o'yinga Andijon kuchayib boradi va biz qo'shishimiz kerak. Bu yil jamoamiz o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun kurashadi. Vaqt hamda sabr kerak. Biz esa oxirigacha harakat qilamiz.
Dastlabki turlarda hamma jamoa deyarli bir xil holatda bo'ladi. Ko'proq ishlashimiz kerak. O'ylaymanki, Andijonga bitta g'alaba etishmayapti. Bitta g'alabaga erishsak, o'yin ham yanada ochilib ketadi.
Hamma muxlislarni Namanganda qiziqarli o'yin kutyapti. Vodiy derbisiga qiziqish katta. Oddiy o'yinlar qolmagan. Raqibni yaxshi o'rganib, tahlil qilamiz va jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Oleg Zoteev.



