

- "Dinamo" barbod futbol namoyish qildi. Birinchi marotaba bu kabi o'ynaganimizni ko'rishim. Maydonda bir jamoa o'ynadi. Bugun "Obod"da g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori bo'ldi. Haqli tarzda mag'lub bo'ldik. Boshqa hech narsa qo'sha olmayman.
Raqibni mensimaslik? Yo'q, biz bu haqida o'ylaganimiz yo'q. Turnir jadvalidagi holatga e'tibor bermagandik. Shunchaki maydonga kurashish va g'alaba uchun tushgandik. Yigitlarni ko'zida g'alabaga bo'lgan ishtiyoq porlamadi.
Tan olishimiz kerak, bugun raqib jamoa bosh murabbiyi Rauf Inileev bizni har tomonlama mag'lub etdi: ham taktik, ham o'yin taraflama.



