Ole Gunnar Sulsher MYU futbolchilariga bir jamoadoshini namuna qildi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa tarkibida 3 gol urishga erishgan Deniel Jeymsni maqtadi.

"U ilk kunlardanoq bizning e'tiborimizni tortgandi. U jamoadagi har bir futbolchiga ajoyib namuna bo'la oladi.

U bizning to'purarimiz bo'lib turibdi. Shuningdek, uning shaxsiy sifatlari ham ajoyib! Kamtar, mashg'ulotlarda chin dildan ishlaydi.

Ha, u "Sautgempton"ga qarshi bahsda bundan-da ko'proq gollar kiritishi mumkin edi. Bu borada ham ishlaydigan jihatlarimiz juda ko'p", - dedi Sulsher.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express