Olamsport: Useyn Bolt so'nggi startida jarohat oldi va Yamaykani medalsiz qoldirdi VIDEO

Aziz Tukhtamuradov
13 avg 2017, 08:36
Sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt faoliyatidagi so'nggi jahon chempionatida jarohat oldi.

Bolt 4x100 estafeta bahslarida jamoasi tarkibida to'rtinchi bo'lib startga chiqdi. Afsuski, u estafeta tayoqchasini qo'lga olganidan so'ng oyog'i qayrilib ketdi va jarohat oldi. Shu tariqa, Yamayka terma jamoasi estafeta bahslarida finishga yetib bora olmadi. Afsonaviy Bolt esa faoliyatidagi so'nggi startini jarohat bilan yakunladi.

VIDEONI TOMOSHA QILING > > > BOLT JAROHAT OLDI


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com