OKMK Oybek Rustamov bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2025
OKMK yarim himoyachi Oybek Rustamov bilan shartnoma muddati bir yilga uzaytirdi.

Bu haqda Olmaliq klubi matbuot xizmati e'lon qildi.

Endilikda tajribali futbolchi 2025 yilning so'nggiga qadar konchilar sharafini himoya qiladi.

Oybek Rustamov OKMK safida 2024 yilgi mavsumda Superliganing 23ta bahsida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia