OKMK boshqaruv raisi yangi mavsum oldidan Mirjalol Qosimov va uning shogirdlari bilan ko'rishdi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2022
Bugun AGMK a'zolari Olmaliqdagi Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinati boshqaruv raisi Abdulla Xolmuradovich Xursanov yangi mavsum starti oldidan jamoa a'zolari bilan uchrashishi munosabati bilan OKMK sport majmuasida yig'ildi.

"AGMK futbol klubi prezidenti tayyorgarlik jarayonlari, kayfiyat va sharoitlar haqida so'radi. 

Abdulla Xolmuradovich Xursanov jamoaga bo'lajak mavsumda omadli ishtirok etishni tiladi hamda yangi mavsum oldidan ananaviy tarzda jamoaviy suratga tushildi.

Shundan so'ng Abdulla Xolmuradovich Xursanov jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar: Jamoliddin Hikmatov, Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov, Abdulla Abdullaev, Alisher Jalilov, Siyovush Haqnazariy va Xurshid G'iyosovga jamoa liboslarini topshirdi.

Shu o'rinda, AGMK jamoasi nomidan bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Abdulla Xolmuradovich Xursanovga barcha futbolchilarning dastxati tushirilgan yangi libosni estalik uchun taqdim etdi", – deyiladi olmaliqliklar matbuot xizmati bergan xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати