OK-2024. Avstraliya delegaciyasi ham Dohaga yetib bordi

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2024, 10:34
Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan o'rin olgan avstraliyaliklar Doha shahriga yetib borishdi.

Bu haqida futbol bo'yicha Avstraliya erkaklar terma jamoasining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.  

Avvalroq, "kengurular" Abu-Dabida o'rtoqlik uchrashuvida Bahraynni mag'lubiyatga uchratgandi.

Avstraliyaning Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi bilan tanishishingiz mumkin.

Sokkeruzning Qatarga yetib borgani aks etigan videolavhani "Telegram"dagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.  


 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia