JCH-2026 saralashi. Avstraliya o'z uyida mag'lubiyatga uchradi

Omonjon To`xtamirzayev
5 sen 2024
Bugun JCH-2026 saralashi uchinchi bosqich uchrashuvlari start oldi.

Avstraliya terma jamoasi bu bosqichni o'z uyidagi Bahraynga qarshi o'yin bilan boshladi. 

Ko'pchilik uchun kutilmaganda, "kengurular" minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo'yishdi. E'tiborlisi, 77-daqiqada Kusini Yengi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. 89-daqiqada esa Garri Suttar o'z jamoasi darvozasini ishg'ol etdi.

  



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia