OK-2023. 2-turning eng yaxshi murabbiyi - yaponlarni taslim etgan Xesus Kasas Garsiya

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2024
Kecha, 21 yanvar kuni Qatarda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi-2023da ikkinchi tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

"Championat.asia" sayti ijodkorlari 2-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, birin-ketin eng yaxshilarni e'lon qilishda davom etamiz.

Saytimiz ijodkorlari tomonidan Iroq terma jamoasi ustozi Xesus Kasas Garsiya ikkinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Iroq bu turda musobaqa favoritlaridan biri Yaponiyani 2:1 hisobida taslim etdi. O'yin bo'yicha ham iroqliklar yaponlarga tengma-teng qarshilik ko'rsatishdi, Garsiya shogirdlari maydonda har bir to'p uchun oxirigacha kurashishdi va o'z vaziyatlarini golga aylantirib ketishdi. Iroq "D" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa ispaniyalik mutaxassis qo'lostida juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.


Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023 

FOTO  OK-2023. 2-turning eng yaxshi darvozaboni - Xolid Eysa


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia