OK-2019. Avstraliya - O'zbekiston. Kim qaysi libosda o'ynashi ma'lum FOTO

Tolibjon Qosimov
20 yanv 2019
Ertaga, 21 yanvar kuni Osiyo kubogi-2019 nimchorak finali doirasida O'zbekiston MTJ Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur bellashuv Al Ayndagi "Halifa Bin Zayed" stadionida bo'lib o'tadi.

O'FA matbuot xizmati terma jamoalar ertangi uchrashuvni qanday liboslarda o'tkazishlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston oq, Avstraliya esa sariq rangli formada maydonga tushadi. Bu har ikki jamoaning asosiy libosi hisoblanadi.



Eslatib o'tamiz, Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvi 21 yanvar kuni Al Ayndagi "Halifa Bin Zayed" stadionida o'tkaziladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 18:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00)da boshlanadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати