

Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi. "Oil Star" ustozi Fuzuli Xayrullaev hal qiluvchi bahs oldidan quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Final uchun tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlangan. O'ylashimcha, bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi.
Yigitlarning kayfiyati a'lo darajada. Umid qilaman, omad bizga ko'proq kulib boqadi va o'tgan yilgi final uchun revansh olamiz", – dedi Xayrullaev.



