

Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi. Futzal federatsiyasi matbuot xizmati mazkur bahs oldidan BMB sardori Hebberth Oliveyra Bolt bilan bog'landi.
"Finalga tayyorgarlik rejadagidek ketmoqda. Biz yana bir bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish imkoniyatiga egamiz. Ushbu jamoada to'p tepishimdan va klub tarixining bir bo'lagi bo'lganim, uning yutuqlarida hissam borligidan juda xursandman. Hozir esa butun jamoa o'zgacha ishtiyoq bilan mamlakatda yana bir chempionlik uchun kurashishga to'liq tayyorligini his qilyapman.
To'purarlar poygasi? Chempion bo'lish uchun astoydil ishlayapman, bu – mening asosiy maqsadim. Indiviudal natijalar esa ikkinchi darajali hisoblanadi", – dedi Bolt.



