"Og'ir vaziyatdagi "Turon" "Qizilqum"ni engga oladimi? Qarshida ustunlik Qosimov shogirdlarida" - Superliga bugungi uchrashuvlar oldidan ekspert fikri

Iskandarov Abdulaziz
24 iyun 2023
Kechadan start olgan Superliga 13-tur uchrashuvlari bugun davom etadi.

So'nggi haftada qiyin vaziyatda qolgan, ligadagi ishtiroki so'roq ostida bo'lib turgan "Turon" Yaypanda "Qizilqum"ni qabul qiladi. Ikki jamoa ham ayni paytda xavfli zonada. "Turon" g'alaba orqali bir pog'ona ko'tarilib olsa, mag'lubiyat "Qizilqum"ni so'nggi pog'onaga ravona qiladi. OKMK esa Qarshida "Nasaf" mehmoni. Ikki uchrashuv ham diqqat markazida bo'lishi tabiiy. Mazkur bahslar oldidan ekspert Abdumajit Toirovning fikr, taxminlarini e'tiboringizga havola qilamiz. 

"Turon" - "Qizilkum". Bir nima deyish qiyin. "Turon"da og'ir vaziyat, tayyorgarlik umuman bo'lmadi. "Qizilkum" kecha yangi bosh murabbiyni e'lon qildi. Xullas ikkala jamoada ham muammolar etarlicha. Kim birinchi gol ursa, o'sha jamoada ruhiy tarafdan ustunlik bo'ladi. "Turon" o'z uyda o'ynashini inobatga olsak, muxlislarni qo'llab-quvvatlashi yordamida ustunlik qilishadi va g'alaba qozonishadi, deb o'ylayman.

"Nasaf" - OKMK. Ikki jamoa uchun juda muxim o'yin. Mirjalol Qosimov bunday o'yinlarni qanday yutishni biladi. OKMK safarda o'ynashiga qaramay ustunlik ular tarafda bo'ladi, deb o'yliyman. "Nasaf" himoyachilari terma jamoaga jalb qilindi, ular deyarli o'z jamoasi bilan mashg'ulotlar o'tqazgani yo'q. O'ylashim bo'yicha OKMKda g'alaba qozonish uchun imkoniyatlar ko'proq.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia