Ogbonna "Yuventus"dan "Everton" yoki "Vest Xem"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2015
"Yuventus" himoyachisi Anjelo Ogbonna faoliyatini "Everton" yoki "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi "Vest Xem" bilan muzokara o'tkazish uchun tez orada Londonga yetib keladi, ammo liverpulliklar futbolchini ilib ketish niyatida. Ogbonnaning transfer narxi 8 mln. funtga baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com