OFKdan kelgan mehmonlar Qo'qonga tashrif buyurishdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017
Bugun Osiyo Futbol Konfederatsiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov hamda O'FF marketing boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Mametovlar Qo'qon shahriga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar tashrif davomida dastlab "Qo'qon-1912"  jamoasi tassarufidagi avtovokzal, barda sotish cexi hamda poyabzal fabrikalarida bo'lib, u erlarda tashkil qilingan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek mehmonlar 51-sonli maktabgacha tarbiya muassasasida tashkil qilingan "Jajji shunqorlar" futbol guruhi faoliyati bilan ham tanishdilar. U erda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar mexmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

OFK hamda O'FF xodimlari jamoamizga qarashli "Markaziy"  stadionda bo'lib, u erda futbolchilar va muxlislarga yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishdilar. OFK mutaxasisi stadion maydonini yaxshilash hamda muxlislarga yanada qulayliklar yaratish borasida o'zining tajribalari bilan o'rtoqlashdi.
Tashrif so'ngida klubimiz raxbarlari, matbuot va marketing bo'limi va stadion xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Elnur Mamedov hamda Baxtiyor Mametovlar jamoa infratuzilmasi va klubda qilinayotgan  ishlar o'zlarida juda yaxshi taassurot qoldirganini bayon etishdi. OFK yo'riqchisi E Mamedov klubni strategik rivojlantirish va marketing borasida o'zining qimmatli maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. Mehmon "Qo'qon-1912"  jamoasining kelajakdagi potencialini yuqori baholadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz