OFK U23. Yaponiyaga qo'shilib KXDR chorak finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2016
U23 Osiyo chempionatining 3-tur o'yinlari davom etmoqda.

"B" guruhidan o'rin olgan Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvida 2:1 hisobi qayd etildi. Yaponlar o'tgan turdayoq guruhda birinchi o'rinni naqd qilib qo'yishgandi. KXDR va Tailand o'rtasida bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. So'nggi turdan keyin Yaponiyada 9, qolgan uchta jamoada 2tadan ochko bo'ldi. O'zaro o'yinlardagi to'plar nisbatiga ko'ra KXDR chorak finalga yo'llanma oldi.

Saudiya Arabistoni - Yaponiya 1:2

Gollar: Abdulloh Madu 57 penalti - Ryota Oxshima 31, Yosuku Ideguchi 53


KXDR - Tailand 2:2

Gollar: Kim Yong Il 17, Yun Il Gvang 45 - Narubadin Veeravatnodom 30, Chanatip Songkrasin 78


Chorak finalda Yaponiya Eron, KXDR esa Qatarga qarshi o'ynaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia